
Kuni kecha bo‘lib o‘tgan MAXIMUM jamoasi konsertiga ALMIX GROUP homiylik qildi
29-30-31 - oktyabr kunlari Toshkent shahridagi "Xalqlar Do‘stligi" san’at saroyida bo‘lib o‘tgan MAXIMUM jamoasining konsert dasturida ALMIX GROUP jamoasi tashrif buyurgan mehmonlarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlar yetkazdi va esdalik sovg‘alari ulashdi.
Konsertda bosh homiy sifatida ALMIX GROUPning barcha hodimlari qatnashishdi va madaniy hordiq chiqarishdi. Faxriy hodimlar Yangihayot tumanidagi Co-Working markazida mehmon bo‘lishdi.
Kompaniya mutaxassislari konsert dasturiga kelgan mehmonlarga kompaniya haqida, yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim qildi. Mehmonlar kompaniya haqida yaxshi taassurotlar bilan ketishdi.
29-oktyabr kuni ALMIX GROUP kompaniyasi asoschisi Niyazaliyev Abdusalom Abduqodirovichning qizlari 11 yoshni qarshi oldilar ularga kelajakdagi ishlar va o‘qishlariga omad tilagan holda sovg‘alar berildi.
Konsert dasturini tashkil qilishda o‘z hissasini qo‘shgan barcha hodimlarga hamda mehmonlarga o‘z minnatdorchilligimizni bildiramiz.
Kelajakni — biz bilan birga yarating!