Co-working markazi


Co-working markazi

Media

Co-Working maʼnosi haqida

Oddiy so‘zlar bilan aytganda, umumiy hududdagi loyihalar bo‘yicha alohida mutaxassislarning ishi. Biznes modeli 2005-yilda yaratilgan. Tizim ijara tejash uchun yordam beradi va qo‘shimcha ish o‘rinlari o‘rnatish oldini oladi. Bu chet elda juda mashhur.

XXI asrda kovorking (buzib ko‘rsatish – “kovork”) mehnatkashlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning eng qiziqarli va istiqbolli shakllaridan biriga aylandi. Bu chet el atamasi bo‘lgani uchun uning maʼnosi batafsil tahlil qilinishi kerak.

Аkademik taʼrifi

Аtamaning o‘zi ingliz tilidir. Kovorking - tom maʼnoda “birgalikda ishlash”.

Sodda qilib aytganda, bu ishtirokchiga ish joyi tayinlanmagan biznes modeli va u birgalikda ish maydonidan yorqin foydalanadi. Har bir inson o‘z shaxsiy loyihasi ustida ishlaydi, shuningdek, boshqalar bilan muloqot qilish imkoniga  ega. Kovorkingni tasvirlashda energiya  effekti tez-tez tilga olinadi-oxirida barcha ishtirokchilarning birgalikda ishlashi ular birgalikda harakat qilganlarida olingan natijadan oshib ketadi.

Muddatni batafsil tushuntirish

Аslida, bu model ofis va uydan ishlash o‘rtasidagi kelishuvdir. Аsosiy shakli ijara munosabatlariga asoslangan markazdir. Ish maydoni maʼlum muddatga olib tashlanadi. To‘lov oylik, haftalik yoki soatlik bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, odatda, umumiy foydalanish uchun xonalar ham jihozlangan – konferentsiya xonalari, dam olish xonalari, muzokaralar. Co-working markazlari, odatda, internetga ulangan.

Shunday qilib, oddiy so‘zlar bilan aytganda, individual ijarachilarning indivitual loyihalar bo‘yicha umumiy hududdagi ishidir.

“Almix Group” Co-Working o‘quv markazi haqida

“Almix Group” kompaniya taʼsischisi tadbirkor А.А.Niyazaliev. O‘z mablag‘i hisobidan 3 mlrd 250 mln so‘m sarflab Toshkent shahar Yangihayot tumani Yangi Darxon MFYda “Co-working” markazini qurib yoshlarga topshirdi.

“Co-working”markazimizda yoshlarni alyumin va PVX profillaridan eshik va rom yasashga o'rgatadigan 2-3 oylik o‘quv kurslari tashkil qilingan. Shu vaqt mobaynida yoshlar markazimizning yetakchi mutaxasislari tomonidan ham amaliy ham nazariy bilim olishadi.o‘quv kursini tamomlagan yoshlarga kompaniya taʼsischisi А.А.Niyazaliev tomonidan diplom beriladi va ish bilan taʼminlanadi.

Kompaniyamiz hozirgi kunda Toshkent shahar Yangi Hayot tuman hokimligi qoshidagi Savdo Sanoat palatasi bilan tadbirkorlik bo'yicha 48 soatlik o‘quv kurslarini tashkil qildi. Bu o‘quv kurslarni tamomlagan yoshlarga xokimyat tomonidan imtiyozli sertifikat hamda tadbirkorlik qilmoqchi bo'lgan yoshlarga kredit ajratiladi.

“Almix Group” kompaniyasida 300 dan ortik ishchi-hodimlar xizmat qiladi. Bularni 80% yoshlar, 20% o‘z ishini ustasi bo'lgan malakali mutaxasislarni tashkil qiladi.

“Co-working” markazidagi o‘quv kurslariga tajribali mutaxasislar jalb qilingan.

“Co-working” markazida nazariy bilimlarni yakunlagan o‘quvchilar amaliy mashg'ulotlar uchun markazimizdagi zamonaviy asbob-uskunalar bilan jixozlangan “yig'ish tsexi” ga o'tkaziladi. Bu yerda ular alyumin va PVX maxsulotlaridan eshik va rom yasashni amaliy o'rganadilar.

Markazimiz auditoriyalar, kurgazmali materiallar, mahsulot namunalari, zarur video materiallar bilan jihozlangan.

“Almix Group” kompaniyasi respublika bo'yicha keng ko'lamda ishlab chiqarishlar bilan shug'ulanmoqda. Shuning uchun respublikamizning barcha hududlaridan keladigan yoshlarga qulay sharoit yaratish maqsadida "Co-working” markazimizda yotoqxona qurilishi rejalashtirilmoqda.

“Co-working” markazi - yoshlarni rivojlantirish, kasb-xunar bilan taʼminlash uchun zarur o‘quv-ishlab chiqarish yechimidir.

“Almix Group” Co-working markazi o‘quv metodikasi

O‘quv-amaliy darslikni yaratish jarayonida uslubiy, psixologik – pedagogik, texnik-texnologik, o‘quv metodik darslikka bo‘lgan umumiy talablar quyidagicha:

O‘quv metodik darslikning tuzilmasi va mazmuni o‘quv materialini chuqur o‘rganishga mo‘ljallash bilan bir vaqtda o‘rganilayotgan kasbning o‘quv dasturiga mos kelishi kerak.

O‘qitishda ilmiylikni, fan, texnika va texnologiyalarning so‘nggi yutuqlari hisobga olinishida o‘quv materiali mazmunining yetarlicha chuqurligini, ishonchliligini taʼminlaydi. O‘quv materiallari o‘qitishning zamonaviy usullari bilan mos ravishda qurilishi kerak. Masalan: tajriba, eksperiment, solishtirish, kuzatish, umumlashtirish, yaxlitlashtirish, o‘xshashlik, tahlil va sintez, shu bilan birga, matematik hisoblash hamda tizimli tahlil uslubi.

O‘qitishning erishuvchanlik talablari – “Almix Group” Co-Working markaz o‘quv metodik darslik vositasida hamda elektron manbalardan foydalangan holda amalga oshiriladi va taʼlim oluvchilarning yoshi hamda individual xususiyatlariga xos o‘quv materialini o‘rganishning murakkablik va chuqurlik darajasini aniqlash zaruriyatini bildiradi. O‘quv materialini haddan ziyod murakkablashtirish va ortqcha yuklash mumkin emas, unda taʼlim oluvchi bu materialni egallashga ojizlik qiladi.

“Almix Group” Co-Working markazida o‘qitishning muammoviyligini taʼminlash talablari. Аgar taʼlim oluvchi muammoli topshiriq va mashqlarni bajarishga harakat qilsa, uning fikrlash faolligi o‘sadi. Ushbu didaktik talabning trening darslik yordamida bajarilish darajasi, anʼanaviy darsliklar va qo‘llanmalardan ko‘ra, sezilarli ravishda yuqori bo‘ladi.

“Almix Group” Co-Working markaz o‘quv metodikasida o‘qitishning ko‘rgazmaliligini taʼminlash talablari, taʼlim oluvchilar tomonidan o‘rganilayotgan obʼyektlar (alyumin va plastik eshiklar hamda romlar), ularning maketlari yoki modellarni qabul qilish va shaxsan kuzatishni hisobga olish (tsexdagi ishlarni) zaruriyatini bildiradi.

“Almix Group” Co-Working markaz o‘quv metodikasida o‘qitishning ongliligi, taʼlim oluvchining mustaqilligi va faolligini taʼminlash talablari – o‘quv-amaliy faoliyatining yakuniy maqsad va vazifalariga erishishda o‘quv-amaliy axborotini jalb qilish bo‘yicha taʼlim oluvchilarning mustaqil va ijodiy ishlashlari uchun darsliklar va texnika vositalari bilan taʼminlashni ko‘zda tutadi.

“Almix Group” Co-Working markazda olingan bilim, ko‘nikma va kasbiy mahorat-taʼlim tizimida mantiqiy tartibda shakllanishi va hayotda qo‘llanilishda o‘z o‘rnini topishi zarur.

“Almix Group” Co-Working  markazida darsliklardan foydalanishda bilimlarni o‘zlashtirish mustahkamligi talablari-taʼlim oluvchilarning o‘quv-tajriba materialini mustahkam o‘zlashtirishlari uchun ularni chuqur fikrlash, xotirada saqlash kabi qobiliyatlarini rivojlantirish katta ahamiyatga ega.

“Almix Group” Co-Working markaz o‘quv amaliy darslarida o‘quv faoliyatining izlash, yig‘ish, saqlash, tahlil qilish, ishlov berish kabi ko‘rinishlarini kompyuter dasturlari bilan; hisoblashlarni, loyihalash va konstruktsiyalashni, tajriba, eksperimentning natijalariga ishlov berishni, nazorat topshiriqlarni, axborotli ishlov berishni avtomatlashtirishni ko‘zda tutishi kerak.

“Almix Group” Co-Working markaz o‘quv-amaliy darslarida murakkab obʼyektlar (dastgohlar, uskuna, apparat, moslama va h.k.) ishining, turli xildagi jarayonlarni real xolatda amaliy tsexlarda o‘tish va multimediya vositalaridan foydalangan holda yetkazish kerak.

“Almix Group” Co-Working markaz o‘quv-amaliy darslarida trening vositalari-taʼlim oluvchini kelajakdagi kasbiy faoliyatiga bog‘liq holda ustoz-shogird an'anasi muhitida tayyorlashni amalga oshirishi kerak.

“Almix Group” Co-Working markaz o‘quv-amaliy darslarida o‘quv-amaliy materiali va texnika xavsizligini inobatga olgan xolda taʼlim oluvchilarning yoshini, tayanch bilimlarini inobatga olish kerak.

“Almix Group” Co-Working markaz o‘quv-amaliy darslarida qo‘yiladigan texnik va texnologik talablariga mos keladigan jihozlar bilan taminlangan bo‘lishi kerak.

“Almix Group” Co-Working markaz o‘quv-amaliy darslarini boshlash, davomiyligini mustaxkamlash uchun darsliklarning “almix group” brendi ostida o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqarish, chiquvchilarning yoki mualliflarning familiyasi, ismi, sharifi, qisqacha annotatsiya, foydalanuvchilar guruhi, ko‘paytirish va tarqatishga taqdim etayotgan “almix group” nomi, darslikning qaysi toifaga kirishi haqida protokol nomeri, kompyuterning tizimli talabi haqida maʼlumotga ega bo‘lishi kerak.

“Almix Group” Co-Working markaz o‘quv-amaliy darslikka oid maʼlumot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: Band bo‘yicha maʼlumotlarni, yaratuvchilarning kontakt adreslarini, maʼlumot manbai (web resurslar, portallar va boshqalar) va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

“Almix Group” Co-Working markaz o‘quv-amaliy darslariga qatnashuvchi o‘quvchilarning sog‘liqlarini nazorat qilish maqsadida birinchi tez tibbiy yordam burchagini tashkil qilish kerak (pandemiya sharoitida vaziyatni inobatga olish kerak:tibbiy niqob, tibbiy perchatka, antiseptik vositalar).

“Almix Group” Co-Working markaz o‘quv-amaliy darslariga qatnashuvchi o‘quvchilarning amaliy ishlarida texnika xavfsizligi bo‘yicha alohida tushincha berish uchun o‘quv dasturiga aynan 48 soatdan 1 soatini ajratib, trening o‘tishi kerak.

“Almix Group” Co-Working markaz o‘quv-amaliy darslariga o‘quv jarayonini yuqori saviyada tashkil qilish uchun davlat taʼlim standartlari hamda xalqaro taʼlim standartlariga to‘liq javob bera oladigan o‘quv adabiyotlari va multimediyalar ishlab chiqarish kerak.

“Almix Group” Co-Working markaz o‘quv-amaliy darslari va amaliyotini tugatgan o‘quvchilarni sertifikatlash, diplom bilan taminlash va ishga taklif etish kerak.

“Almix Group” Co-Working markazning o‘quv va amaliy soatlari 48 soat etib rejalashtirilgan.

1. O‘quv soatlari uchun 16 soat.

- Аlyumin deraza va romlar, oynaklar uchun 8 soat;

- Plastik deraza va romlar, oynaklar uchun 8 soat;

2. Amaliy mashg‘ulotlar uchun 32 soat.

- Аlyumin eshik va romlari uchun tsexdagi faoliyatini 9 soat.

- Plastik eshik va romlar uchun tsexdagi faoliyati uchun 9 soat.

- Qurilish obyektlarida o‘rnatish bilan shug‘ullanish 5 soat.

- Murakkab konstruktsiyalar uchun 9 soat.

“Almix Group” Co-Working markazning o‘quv soatlari quyidagi mavzular

Аlyumin deraza va romlar, oynaklar uchun 8 soat.

1. kirish qismi; tanishuv, “Almix Group” Co-Working markaz haqida umumiy maʼlumotlar va maqsadlar 1 soat (auditoriyada 25 minut va tsexda 35 minut: asbob-uskunalar bo‘yicha umumiy tushunchalar beriladi)

2. texnika xavfsizligi bo‘yicha 1 soat asbob uskunalardan, elektr jihozlaridan foydalanish tartibi (auditoriya 15 minut nazariy tushunchalar, 45 minut tsexda amaliy tushunchalar. o‘quvchilardan texnika xavfsizligi bilan tanishganligi haqida yozma ma'lumot olinadi.)

3. Birinchi tez tibbiy yordam: joroxatlanish va ularda amaliy yordam ko‘rsatish tartibi 1 soat (auditoriyada 25 minut tez tibbiy yordam haqida ma'lumot beriladi, 35 minut tsexda ish faoliyat davomida asosan nimalarga eʼtibor qaratish kerakligi va ulardan oqilona foydalanish haqida maʼlumot beriladi, mavzuga doir filmlar namoish qilish).

4. Matematik hisob-kitoblar 1 soat (o‘quvchilarning qobiliyatlari va layoqatini oshirish uchun matematik topshiriqlar).

5. Korxona faoliyati haqida maʼlumot 1 soat ( elektr jixozlaridan foydalanish, stanok, metr, drel, shurpavert, teskalar va boshqa asbob-uskunalar, mavzuga doir filmlar namoish qilish).

6. Аlyumin profillar haqida 2 soat (profillar turlari, aksessuarlar, rezinkalar, samarezlar, alyumin qoplamalar(alkapon), o‘lchamlari, bichuv-kesuv nazariyasi, obyektlarda muomala madaniyati, eshik va romlarni o‘rnatish uslublari, mavzuga doir filmlar namoish qilish).

7. Oynaklar haqida 1 soat ( oynaklar turlari, o‘lchamlari, bichuv-kesuv nazariyasi).

Plastik deraza va romlar, oynaklar uchun 8 soat.

1. Matematik hisob-kitoblar 1 soat (o‘quvchilarning qobiliyatlari va layoqatini oshirish uchun matematik topshiriqlar).

2. Plastik profillar haqida 2 soat (profillar turlari, aksessuarlar, rezinkalar, samarezlar, alyumin qoplamalar(alkapon), o‘lchamlari, bichuv-kesuv nazariyasi, obyektlarda muomala madaniyati, eshik va romlarni o‘rnatish uslublari, mavzuga doir filmlar namoish qilish).

3. Korxona faoliyati haqida maʼlumot 1 soat ( elektr jixozlaridan foydalanish, stanok, payka, o‘rta ochar, metr, drel, shurpavert, teskalar va boshqa asbob-uskunalar).

4. Oynaklar haqida 2 soat ( oynaklar paketlash va ularning turlari, oynak o‘rnini bosuvchi qoplamalar o‘lchamlari, bichuv-kesuv nazariyasi, mavzuga doir filmlar namoish qilish).

5. Umumiy xulosalar va olingan bilimlarni test imtixoni uchun 2 soat (nazariy olingan bilimlarni mustaxkamlash maqsadida test olinadi).

“Almix Group” Co-Working markazning amaliy soatlar uchun 32 soat

- Аlyumin eshik va romlari uchun tsexdagi faoliyatini 9 soat.

- Plastik eshik va romlar uchun tsexdagi faoliyati uchun 9 soat.

- Qurilish obyektlarida o‘rnatish bilan shug‘ullanish 5 soat.

- Murakkab konstruktsiyalar uchun 9 soat.

1. Аlyumin eshik va romlari uchun sexdagi faoliyatini 9 soat.

- ustoz-shogird anʼanalariga ko‘ra dastgoxlarni ishlatish tartibini usta yordamida amalga oshirish, tsexda odob-axloq muomalasi, tozalik va ozodalik ishlari, texnika xavfsizlik qoidalari bo‘yicha foydalanish, rezinkalarni joylash, aksessuarlarni qotirish, o‘lchov-bichuv metrlardan foydalanish, kesuv stanoklari, teskalardan foydalanish, tayyor eshik-romlar tronsportatsiyasi, ish soatlarini taqsimlash,

2. Plastik eshik va romlar uchun tsexdagi faoliyati uchun 9 soat.

- ustoz-shogird anʼanalariga ko‘ra dastgoxlarni ishlatish tartibini usta yordamida amalga oshirish, tsexda odob-axloq muomalasi, tozalik va ozodalik ishlari, texnika xavfsizlik qoidalari bo‘yicha foydalanish, rezinkalarni joylash, aksessuarlarni qotirish, o‘lchov-bichuv metrlardan foydalanish, kesuv stanoklaridan, yopishtirish uskunalaridan foydalanish, o‘rta ochar stanogidan foydalanish, tayyor eshik-romlar tronsportatsiyasi, ish soatlarini taqsimlash.

3. Qurilish obyektlarida o‘rnatish bilan shug‘ullanish 5 soat.

- obyektlardan buyurtmalarni o‘lchash, shartnomlar tuzish, xisob kitob olib berish, alyumin va plastik eshik-romlarni transportatsiyadagi yo‘l-yo‘riqlar, oynaklar transportatsiyasi, o‘rnatish uskunalari, o‘rnatish tartiblari va o‘lchovlari

4. Murakkab konstruktsiyalar uchun 9 soat.

- arkalar, turli xil shakllik romlarning o‘lchov-bichuvlari, murakkab furnitura (slojniy zamok)lar o‘rnatish, plastik eshiklar uchun 3D formatidagi oshiq-moshiqlar o‘rnatish, Kompyuterda maxsus eshik va romlar xamda oynaklar uchun dizayn-grafiklik dasturlaridan foydalanish.

“Almix Group” Co-Working markazning o‘quv-amaliy kursini bitirgan trening qatnishchisi 48 soatlik o‘quv-amaliy kursini tamomlaganligi haqida sertifikatga ega bo‘ladi. Bundan tashqari mustaqil ravishda 1 ta alyumin eshik va 1 ta plastik deraza yasash xamda o‘rnatib berib, aʼlo baxolansa “Almix Group” Co-Working markazining sertifikatini qo‘lga kiritadi.

© 2023