Biz haqimizda

Niyazaliyev Abdusalom Abduqodirovich


"Almix" tovar va xizmat ko'rsatish belgisiga berilgan guvohnoma

"ALMIX GROUP" kompaniyasi asoschisi Niyazaliyev Abdusalom Abduqodirovich bo’lib, u 2003-yilda Toshkent avtomobil yo'llari institutini tamomlagan va hozirgi kungacha sanoat mahsulotlari ishlab chiqairishda 20 yillik tajribaga ega.
Ayni paytda "ALMIX GROUP" kompaniyasi ushbu brend ostida «Hamkor kapital invest», «Best building trade» va «Developed Almix Group» korxonalarini birlashtiradi. U o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirmoqda va turli xildagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaradi hamda bir vaqtning o'zida ularga o'z xizmatlarini ko'rsatadi.

Kompaniyada 300 dan ortiq xodimlar faoliyat olib boradi va ularning 80 foizini yoshlar tashkil etadi.

Bizning mahsulotlarimiz Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston kabi boshqa qo’shni davlatlarga yetkazib beriladi. 

Bizning vazifamiz mijozlarning talablari va takliflarini hurmat qilgan holda, arzon va sifatli mahsulotni taqdim etish.

 

"ALMIX GROUP" o’zining shaxsiy brendi ostida:

  • Alyuminiy Profil ishlab chiqarish zavodiga ega. Ushbu zavod bir oyda 150 tonnadan ortiq tayyor mahsulot ishlab chiqarishga mo'ljallangan;
  • Alyuminiy va PVX Profil uchun aksessuarlar ishlab chiqaradi; 
  • Bundan tashqari, kompaniya alyumin va PVX profildan eshik romlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo’lib, respublikamiz bo’ylab 15 ta rom va eshik ishlab chiqarish filiallariga ega;
  • Qum va tosh shag'al qayta ishlash zavodiga ega;
  • Temir-beton mahsulotlarini ishlab chiqaradi;
  • Gazbeton blok materiallari ishlab chiqaradi;
  • Barcha turdagi metallarga ishlov berish, shlakoblok va gazobloklar ishlabchiqarish bo'yicha dastgohlar tayyorlaydi;
  • Yuklarni tashish bo'yicha, shuningdek, maxsus texnika xizmatlarini ko'rsatadi.
  • Qurilish, qurilishni loyihalash shuningdek dizaynini yaratish ishlarini amalga oshiradi;
  • Tashqi reklama mahsulotlarini tayyorlash xizmatini amalga oshiradi;
  • Qishloq xo'jaligi ishlarini olib boradi.

 

Bizning kompaniyamizni tanlashingiz uchun 10-ta sabab:

  1. Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarga doimiy bepul servis xizmatlari ko’rsatiladi;
  2. Mijozlarning buyurtmalari muddatidan kechiktirilmay o’z vaqtida bajariladi;
  3. Alyuminiy va PVX uchun aksessuarlarning to'liq ro'yxati taqdim etiladi;
  4. Ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida sifat nazoratda olib boriladi;
  5. Narx va sifat nisbati mutanosibligi;
  6. Har bir mijozga o'zgacha yondashuv;
  7. Yuk va maxsus transport vositalari xizmatlari; 
  8. Katta hajmdagi buyurtmalarni bajarish imkoniyatining mavjudligi;
  9. Bizning texnologiyalarimiz doimo rivojlanib, takomillashtirib boriladi.
  10. Biz bilan har doim ishonchli!

 

© 2023